
Farg‘ona vodiysi hududlarida ko‘p uchraydigan muammolardan biri shundaki, ko‘plab biznes imkoniyatlari poytaxtlarda joylashgani, jumladan, xorijga biznes-tur takliflari.
Biz ushbu muammoni bartaraf etishga va vodiy korxonalari uchun to’siqlarni olib tashlashga qaror qildik va Germaniya va Avstriyaga o’quv safari uchun tadbirkorlarni jalb qilishni e’lon qildik.
Farg‘ona vodiysidan 15 nafar vakilni tanlab, Avstriya va Germaniyaga to‘liq sayohatni tashkil qilamiz. Sayohat 2022 yilning oktyabr oyida bo’lib o’tadi. Sizning biznesingiz va ish joyingizga mos keladigan korxonalarni tanlash uchun biz mini-so’rov o’tkazishga qaror qildik.
Havolani kuzatib boring, bir nechta savollarga javob bering va biz siz bilan bog’lanamiz.